Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Ilon Maskning sun'iy yo‘ldosh internetidan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Sun'iy yo‘ldosh interneti tufayli korporatsiya mijozlari ma'lumotlarni uzoq hududlarga tezkorlik bilan uzata oladi. Google Cloud mijozlari yangi servisdan shu yil oxirida foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Google Starlink sun'iy yo‘ldosh internetidan foydalanish bo‘yicha SpaceX kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi, deb xabar berdi The Verge nashri.
Ilon Mask kompaniyasi Google Cloud servisining korporativ mijozlariga sun'iy yo‘ldosh internetidan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. SpaceX kelishuv doirasida Google kompaniyasining butun dunyodagi ma'lumotlarni qayta ishlash bulutli markazlarida Starlink terminallarini o‘rnatadi.
Aniqlik kiritilishicha, sun'iy yo‘ldosh interneti tufayli korporatsiya mijozlari ma'lumotlarni uzoq hududlarga tezkorlik bilan uzata oladi. Google Cloud mijozlari yangi servisdan shu yil oxirida foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
SpaceX hozirga kelib fazoga 1625ta sun'iy yo‘ldosh uchirdi, ularning 1550tasi Yer orbitasida.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
08:50 / 12.06.2026
SpaceX tarixdagi eng yirik IPOʻni amalga oshirdi
08:30 / 08.06.2026