Shanba kuni Ukraina Rossiyaning logistika markazlariga zarba berdi. Volodimir Zelenskiy bu hujumlarni mazkur omborlarda dron ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan butlovchi qismlar saqlangani bilan izohladi. Oradan bir kun o‘tib, Rossiya Kiyevga ballistik raketalar bilan urush boshidan buyon eng yirik hujumlardan birini uyushtirdi.

Yaqin Sharqda husiychilar Saudiya Arabistoniga dengiz qamali e’lon qildi. AQSh-Eron zarbalar almashinuvi davom etyapti. Britaniyada yangi bosh vazir faoliyat boshladi.