Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron tashqi ishlar vaziri Avstriya davlat idoralarida Isroil bayrog‘i ko‘tarilgani sababli Venaga tashrifini bekor qildi
Zarif Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksander Shallenberg bilan muzokara olib borish uchun shanba kuni Venaga tashrif buyurishni rejalashtirgandi.
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Avstriya hukumat binolarida Isroil bayrog‘i ko‘tarilgani sababli Venaga tashrifini bekor qildi. Bu haqda Avstriya matbuot agentligi xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Zarif Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksander Shallenberg bilan muzokara olib borish uchun shanba kuni Venaga tashrif buyurishni rejalashtirgandi, ammo u tashrifini bekor qilgan.
"Taassuf bildiramiz va ma'lumot uchun qabul qilamiz", - deyiladi Avstriya TIV bayonotida.
Juma kuni Avstriya kansleri devonxonasi va Avstriya tashqi ishlar vazirligi binolarida G‘azo sektoridagi voqealarda Tel-Aviv bilan birdamlik ramzi sifatida Isroil bayroqlari ko‘tarilgandi.
10 maydan buyon Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashdi. Tomonlar bir-birini raketalar yordamida o‘qqa tutmoqda.
Mavzuga oid
22:10 / 21.06.2026
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
08:55 / 20.06.2026