Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Murat Kamalov Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpoğiston filialida böldi. Bu haqda Jöqorği Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Murat Kamalov dastlab filialdagi studiya orqali prezidenti rahbarligida onkologiya tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari böyiça ötkazilgan videoselektor yiğilişida qatnaşgan.
Yiğilişda Jöqorği Kenges Raisi sözga çiqqan. U Qoraqalpoğistonda onkologik va gematologik kasalliklarni aniqlaş va davolaş, ularning oldini oliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar, bu borada uçrayotgan kamçilik va muammolarga batafsil töxtalib ötgan.

Şundan söng, Jöqorği Kenges Raisi Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpoğiston filialida bemorlarning davolanişi uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişgan.
Murat Kamalov bolalarning ota-onalari va filial mutaxassislari bilan suhbatlaşib, ularning fikr va takliflarini, muammolarini tinglagan. Mavjud muammolarni bartaraf etiş böyiça mutasaddi taşkilot rahbarlariga topşiriqlar berdi, deyiladi Jöqorği Kenges axborotida.












