O‘zbekiston | 17:48 / 15.05.2021
10991
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 137 taga yetdi

Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Dominika Hamdo‘stligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi.

Dunyo xabariga ko‘ra, ikki davlat hukumatlari nomidan hujjat O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov va Dominikaning BMTdagi doimiy vakili, elchi Lorin Bannis-Robers tomonidan imzolangan.

Dominika Hamdo‘stligi Karib dengizining sharqida joylashgan orol davlatdir. Mamlakat maydoni 751 kvadrat kilometrdan iborat. Aholi soni 70 ming kishini tashkil etadi. Dominika BMT, Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi, Karib Hamjamiyati (SARISOM), Karib umumiy bozori va Sharqiy Karib davlatlari tashkiloti a'zosi hisoblanadi.

O‘zbekiston va Dominika Hamdo‘stligi o‘rtasidagi hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni muntazam davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Avvalroq, O‘zbekiston va San-Marino o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi protokol imzolanganligi xabar qilingandi.

Mavzuga oid