Çernogoriya hukumati kelasi haftadan boşlab barça turistlar uçun çegaralarini oçadi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Zdravko Krivokapiç ma'lum qildi.

«Gretsiya barça turistlar uçun oçiq, restoran va mehmonxonalar işlay boşladi, biz ham şunday qilişimiz kerak, çunki bu masalada yondaşuvlarimiz öxşaş. Çernogoriya kelasi haftadan barça turistlar uçun çegaralarini oçadi», — dedi Krivokapiç.

Çernogoriya moliya va ijtimoiy himoya vaziri Miloyko Spayiç ötgan yil dekabrda mamlakat bundan buyon koronavirusga qarşi kuraşiş uçun çegaralarini yopmasligini aytgandi.

Butun iqtisodiyoti 6 mlrd dollar deb baholanadigan respublika daromadining çorak qismi turizmdan keladi, deb yozadi Bloomberg. 2020 yil yanvaridan sentyabriga qadar Çernogoriyaning turizmdan oladigan daromadi 90 foizga kamaygan.