Termiz şahridagi maktablardan birida yonğin kelib çiqqan va binoning 2-qavatida taxminan 120 kv.m maydonda içki va tom qismi zararlangan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, bugun, 2021 yil 17 may kuni soat 10:00larda Termiz şahar S.Termiziy köçasida joylaşgan 6-umumta'lim maktabida yonğin sodir bölgan.
Qayd etilişiça, yonğir haqida xabar kelib tuşgandan söng hodisa joyiga Termiz şahar Favqulodda vaziyatlar bölimining 6ta yonğin-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borgan. Soat 10:15da yonğin qurşab olingan va soat 10:40da töliq bartaraf etilgan.
Ta'kidlanişiça, maktab binosining 2-qavatida taxminan 120 kv.m maydonda içki va tom qismi yonib zararlangan. Yonğin kelib çiqiş sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yöq.
Eslatib ötamiz, 16 may kuni Toşkent şahrida joylaşgan Botanika boğida ham yonğin röy bergan edi.











