Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirusga qarşi vaksina yetarliça taqsimlanmaganligini ta'kidladi va «dunyo vaksinaviy aparteid bosqiçiga ötgani»ni aytdi, deb xabar bermoqda BBC.
«Yuqori daromadli mamlakatlar dunyo aholisining 15 foizini taşkil qiladi, ammo dunyodagi vaksinalarning 45 foiziga ega. Kam va örta daromadli mamlakatlar esa dunyo aholisining qariyb yarmini taşkil etadi, ammo ularga vaksinalarning atigi 17 foizi töğri keladi», - dedi JSST rahbari Parij tinçlik forumi taşkil etgan onlayn-munozarada.
Gebreyyesus bir neça kun avval boy mamlakatlarni bolalarni koronavirusga qarşi emlamaslikka, birinçi navbatda vaksinani kambağal mamlakatlar bilan bölişişga çaqirgandi.
AQŞ bu çaqiriqqa javob berdi: duşanba kuni Bayden Amerika koronavirusga qarşi 80 million doza vaksina yoki umumiy zaxirasining 13 foizini bölişişini aytdi. Qolgan zaxira barça katta yoşdagi amerikaliklarni emlaşga yetadi.












