Yaqin Şarqda Falastin hamda Isroil örtasidagi mojaro yana avj olib, harbiy amaliyotlar bir neça kundan buyon töxtamayapti. Ayni paytdagi bu voqealar butun mintaqada vaziyat keskinlaşuviga sabab bölmoqda. Köpçilik tomonidan bildirilayotgan fikrlarga köra, bu uruşda Falastin yaqqol autsayder. Ammo vaziyatga boşqa tomondan qaralsa haqiqatan ham şundaymi?

Favoritlar va autsayderlar

Bibliyada yozilişiça, Falastindan bölgan ulkan jussali Goliaf Isroil yerlariga bostirib kiradi. Isroilliklar öz yerlarini himoya qiliş maqsadida oralaridan tanlab olingan Devidni Goliafga qarşi jangga yuboradilar. Ikki örtadagi töqnaşuvda Goliaf favorit bölişiga qaramasdan, autsayder Devid tomonidan toş bilan urib öldiriladi.

2021 yil may oyidagi Isroil-Falastin nizosi esa yuqoridagi vaziyatning tamomila aksini körsatmoqda. Ilğor harbiy texnika, qudratli xalqaro hamkorlar, ulkan moliyaviy homiylar va yuqori darajada rivojlangan iqtisodiyotga ega Isroil «ularga faqat toşlar uloqtiriş bilan qarşilik körsata oladigan» Falastin yerlariga tajovuz qilmoqda. Ayrim matbuot va ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining fikriga köra, bu uruşda Isroil favorit, Falastin esa yaqqol autsayder bölib körinmoqda.

Biroq kanadalik yozuvçi Malkolm Gladvel özining «Devid va Goliaf: gigantlarni mağlub etiş san'ati» asarida favoritlar va autsayderlar töqnaşuviga yangiça qaraş bilan yondaşadi. Ya'ni Devid va Goliaf jangini misol sifatida oladigan bölsak, klassik janglar nazariyasiga köra, oğir qurollangan guruhga qarşi yengil va tezkor guruh, tezkor guruhga qarşi kamonçilar, kamonçilarning qal'alarini qulatiş uçun esa oğir qurollangan jangçilar yuboriladi. Şu tariqa, özaro kuraşlarning uçburçagi vujudga keladi. Agar uşbu nazariyadan kelib çiqilsa, töqnaşuvda aslida Devid favorit bölib çiqadi.

Endi savol paydo böladi: Isroil ham hozirgi uruşda favoritmi? Nega Netanyahu ança zaif bölgan HAMASga qarşi bunça talvasaga tuşyapti? Sabab sifatida voqealar rivojini çuqur tahlil qiladigan bölsak, butunlay aks tomonni körsatmoqda.

Netanyahu va HAMAS

Avvalambor, Falastindagi saylovlarda HAMASning qöli ustun kela boşlaşi Isroilning yaqin çegaralarida asosiy raqobatçilari hokimiyati örnatilişiga olib keladi. Falastinda mö'tadil kayfiyatdagi Mahmud Abbos örniga HAMASçilarning bölişi Isroil obröyini keskin tuşirib yuboradi.

Ikkinçidan, Natanyahuning Isroil içki saylovlarida ham işlari yurişmayapti. Agar saylovlarda koalitsiya tuziladigan bölsa, Netanyahu öz örnini Ğarbiy sohillarni tölaligiça bosib oliş va Falastin mustaqilligini tugatiş tarafdori bölgan Naftali Bernadetga böşatib berişga majbur böladi. Göyoki Netanyahu öta öng kayfiyatdagi saylovçilarni jalb qiliş uçun bu işni özi amalga oşirib qöya qoldi.