Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida qariyb 13 tonna çigit mahsulotini öğirlaganlarga jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 45 yoşli X.Akbar Qumqörğon tumani IIB boşliğiga murojaat qilib, 2021 yilning aprel oyi boşlarida va 1 may tunda Qumqörğon tumanida joylaşgan öziga tegişli MÇJ omborxonasida saqlanayotgan hosil uçun tarqatilişidan qolgan jami 12.929 kilogramm dorilangan çigitni noma'lum şaxslar öğirlab ketganini ma'lum qilgan.

Qayd etilişiça, olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida uşbu jinoyatni Qumqörğon tumanida yaşovçi fuqarolar 29 yoşli M.Şohrux, 33 yoşli T.Otabek, X.Abduğani va 27 yoşli X.Uluğbeklar sodir etganliklari aniqlangan. Ulardan heç qanday hujjatlari bölmagan paxta çigitini ajratiş sexi, 67 kilogramm paxta, 624 kilogramm dorilangan çigit aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Qumqörğon tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-modda 2-qismi «v,g» bandlari (öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.