Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi bir neçta savollar asosida tadbirkorlik sub'yektlarining reytingini doimiy yangilab boradi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
«MDH mamlakatlarida öxşaşlari bölmagan mazkur örganişlarning maqsadi bölib tadbirkorlik sub'yektlari (iştirokçilar) tomonidan iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş, iste'molçilarning reyting iştirokçisi faoliyatini qöllab-quvvatlaş darajasini aniqlaş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi hududida iste'molçilar huquqi ustuvorligi ta'minlaganlik darajasi töğrisida ommabop ma'lumotlarni şakllantiriş hisoblanadi», – deyiladi rasmiy xabarda.
Ma'lum qilinişiça, tadbirkorlik sub'yektlarining reytingini aniqlaş uçun anketaga quyidagi kabi savollar kiritilgan:
- Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan sotilayotgan mahsulotlar (iş, xizmatlar) töğrisida iste'molçilarga töliq va töğri ma'lumot taqdim etilyaptimi?
- Iste'molçilarning şikoyatlariga qançalik e'tibor qaratilyapti?
- Tölovlarni amalga oşirişning qanday yöllari (tölov tizimlari, HUMO/UzCARD/ Visa terminallari) mavjud?
«2021 yilning ötgan 4 oyida agentlik 11 mingdan ortiq murojaatlarni körib çiqdi, 2,8 milliondan ortiq iste'molçilarning huquqlari himoya qilindi va 53,3 mlrd sömdan ortiq mablağ qoplandi. Mazkur ma'lumotlardan körinib turibdiki, iste'molçilar tomonidan qönğiroqlar soni ortib bormoqda va şu bilan birga ularga yetkazilgan zarar ham köpaymoqda.
Iste'molçilar murojaatlarining tahlili, asosan, yirik savdo majmualari faoliyatidan norozi bölgan şikoyatlar sonining köpligini körsatmoqda», – deyiladi agentlik xabarida.
Reyting doimiy asosda şakllantiriladi va agentlik rasmiy veb-saytida joylaştirilib boriladi.










