Farğona viloyati Danğara tumanida sodir bölgan YTH oqibatida bir kişi halok böldi.Bu haqda Farğona viloyati IIB axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Joriy yilning 15 may kuni Danğara tumanida fuqaro H.Q. “Sobalt” avtomaşinasini “Çinobod” MFY hududida boşqarib ketayotib, yöl çetida töxtab turgan Q.J. boşqaruvidagi “Zil” rusumli yuk avtomaşinasi bilan töqnaşuv sodir etgan.
Qayd qilinişiça, YTH oqibatida “Sobalt” yölovçisi K.Ğ. hodisa joyida vafot etgan. Boşqa bir yölovçi T.U. va yöl çetida bölgan piyoda B.B. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Danğara tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Farğona viloyatida bir hafta içida 20 kişi YTH qurboni bölib, 18 kişi tan jarohati olgani haqida xabar berilgan edi.











