Qayd etilişiça, imtihonlar karantin qoidalariga qat'iy rioya etgan holda ötkaziladi. Imtihonlar ötkazilişidan oldin ta'lim muassasalarida dezinfeksiya işlari olib boriladi, öquvçilar imtihonlarga sanitar-gigiyena qoidalariga rioya etgan holda himoya vositasida (tibbiy niqob) kiritilib, binoga kirişdan avval tibbiy xodimlar tomonidan ularning tana harorati ölçanadi va oraliq masofani saqlaşlari ta'minlanadi.
Agar maktab karantinga yopilgan bölsa imtihon karantin muddati tugaganidan söng, imtihonlar karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda ötkaziladi.
Imtihonlar oğzaki, yozma hamda test sinovlari şaklida quyidagi muddatlarda ötkaziladi:
26 maydan 2 iyunga qadar — 5-, 6-, 7-, 8- va 10-sinf öquvçilari uçun bosqiçli nazorat imtihonlari;
26 maydan 15 iyunga qadar — 9- va 11-sinf bitiruvçilari uçun yakuniy davlat imtihonlari ötkaziladi.
Imtihon savollari va materiallari Xalq ta'limi vazirligining rasmiy "Telegram" kanaliga joylaştirilgan.
Imtihondan öta olmagan öquvçilarga amaldagi nizomga köra, imtihondan ikki hafta ötgaç qayta yakuniy attestatsiyadan ötiş huquqi beriladi.
Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga köra, umumiy örta ta'lim davlat ta'lim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvçilar şu sinfda qayta öqişga qoldiriladi.
“Xalq ta'limi vazirligi maktab ma'muriyatlaridan imtihonlarni adolatli va şaffof taşkil qiliş hamda turli noqonuniy yiğimlarning oldini oliş çoralarini körişlarini söraydi”, deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, maktablarda yakuniy va bosqiçli imtihonlarni ötkaziş tartibi ma'lum qilingandi.












