Afsuski biz harakatlanayotgan temir zavqini hazrati insonning şirin jonidan afzal bilar darajaga yetganlar bilan bir jamiyatda yaşayapmiz. Özbekistondagi yöl transport hodisalari bilan boğliq holat juda ayançli, vaziyatni önglaşga qaratilgan har qanday islohotlar öta oğriqli qabul qilinadi, hamma bir-birini ayblaydigan illatli doira içida yuzlab qurbonlar berilyapti va ular soni muntazam ortib boryapti.

Misol tariqasida, qoidabuzarliklar haqida xabar berişni “kozyol”likdan olib “terpila”likka soldik. Şu masala kötarilganda butun jamiyat ikkiga bölinib ketdi, qoidabuzarlar öz qilmişlari oşkor qilinişiga şu qadar kuçli qarşi çiqdilarki, taşqi duşman kirib kelişi ham bunçalik köpçilikni safarbar hamda hamjihat qila olmasa kerak.

Oqibat köp kuttirmadi: qonunçilik bu harakatga imkon bersa ham, köpçilik “oç qornim, tinç quloğim” rejimiga ötdi, bu işni qila boşlaganlar kaltaklandi, sazoyi qilindi, salkam xalq duşmaniga aylantirildi.

Xöş, natija nima böldi? Endigina dunyoga kelayotgan jamoat nazorati böğib öldirildi, loqaydlik ma'qullandi, olomon madaniyati qöllanilib, qonunçilik çetga surildi.

Endi-çi? Nahotki biror kun dahşatli avariyalarsiz ötmay qolganini körmayotgan bölsak?! Axir bizni, temirni quturtiradigan haydovçilarni jilovlaşning yagona uslubi jazo – ayovsiz jazo ekanligini unutib qöyyapmiz.

Har qanday muammoda dunyoning rivojlangan davlatlarini misol qilib olişni xuş köramiz. Lekin ana öşa davlatlarda yöl-transport hodisalaridan ölim körsatkiçini nolga tuşiriş böyiça nihoyatda jiddiy kirişilgan. Önlab dasturlar amalga oşiriladi, ölimga olib kelgan har bir avariya batafsil örganiladi. Biz esa faqat körgan onimizda andak açinamiz va unutamiz. Lekin muammo kamaymayapti, aksinça, kun sayin oşyapti va oşişda davom etadi ham.

Sabablar oddiy va dunyo qadar köhna:

1. Avtomobillar soni kun sayin köpayyapti;

2. Mavjud yöllar va infratuzilma talab darajasida emas;

3. Tezliklar oşgani sari haydovçi va yölovçilik madaniyati soat sayin pasayib ketyapti;

4. Zamonaviy texnologiyalar şunça keng qöllanişiga qaramay, vakolatli organlar nazoratni ta'minlay olmayaptilar;

5. Eng muhimi, qoidabuzarlik faqat jazodan qoçiş uçungina qilinmaydigan, heç kim körmasa, bilmasa, albatta, qilinadigan odat tusiga kirib ulgurgan.

Yangiliklarni kuzating, raqamlar dahşatini his qiling. Dunyoga töymagan bolalar ğildiraklar ostida yançilmoqda! Biz esa hanuz “kozyol”larni izlaş bilan bandmiz...

P.S.: Yuqorida biz sodir etilgan avariyalarning ayrimlarinigina keltirib ötdik! Qiziği, ötgan 10 kun davomida koronavirusdan bor yöği 12 kişi vafot etgan xolos...

Abror Zohidov