Ma'lum bölişiça, video aks etgan holatlar haqiqatda ham röy bergan, voqealar tumanning Musomuhammedov massivida bölib ötgan. Uşbu yer uçastkalari, şuningdek qöşni hududlarda jami 104 gektar yer maydonida yirik ijtimoiy obekt barpo etilayotgani bois, «Saidvali Hoji» fermer xöjaligiga qaraşli 20,2 gektar yer maydoni barça ekilgan ekinlar va boğ uçun qilingan xarajatlar uçun tovon puli tölanişi şarti bilan jamoat ehtiyoji uçun olingan.
Tuman hokimligi qişloq xöjaligi masalalari bölimi boşliğining örinbosari Hamidulla Töraxöjayev uşbu masalaga quyidagiça oydinlik kiritdi.

«Fermer xöjaligida 20,2 gektar yer maydoni mavjud. Şu yer maydonidan 12 gektar boği bor, öşa boğning oraliğiga 8 gektar qulupnay ekilgan. Davlat ehtiyojiga olişda fermer bilan kelişilgan edi. Dehqonlar ham böşatib berişga rozi bölişdi. Öşanda terilmagan qulupnay uçun bir gektariga 50 mln söm, yarmidan ötgan, ya'ni terilgan maydonlar uçun gektariga kamida 24 mln söm tovon puli tölaşga kelişildi.
8 gektar joyda 9 kişi qulupnay ekib dehqonçilik qilgan. Biz dalolatnomalar tuzilib, qiymatni çiqariş uçun ekspertizaga berilgani, narxlaş işlari yakunlanib tasdiqlangaç, hujjatlar moliya bölimiga taqdim etilişi hamda tovon pullari tölanişini aytganimizda töğri tuşunişgandi. Oradan 4-5 kun ötgaç, işonçsizlik paydo böldimi, tölamayapsizlar, degan ma'noda şunday yöl tutişmoqda. Qolaversa, tarqagan videoda kartoşka buzilayotgani aks etgan, boğ oralariga ekilgan qulupnay maydonlari oldinroq buzilgan edi», - deya oydinlik kiritdi Hamidulla Töraxöjayev.
Ta'kidlanişiça, asosan vodiy viloyatlaridan kelgan dehqonlar fermer xöjaligi rahbari bilan oğzaki kelişuv asosida dehqonçilik bilan şuğullanib kelişgan. Ayrimlar faqat qulupnay ekkan bölsa, ba'zilari sedana, fasol va kartoşka uruği ham qadagan.

Hokimlik mutasaddisining aytişiça, 20,2 gektar maydonidagi boğ va ekinlar uçun jami 850 mln söm tovon puli tölaş nazarda tutilmoqda. Yakuniy raqam ekspertiza xulosasidan söng aniq böladi. Qulupnay maydoni uçun ajratilgan 192 mln söm ham şu summaning içida.
Örganişlar çoğida dehqonlar quriliş işlarini olib borayotgan taşkilotning dala idorasiga çaqirtirilib, ularga jami 154 mln söm tovon pullari tölandi. Şu bilan birga, ulardan qulupnay ekini uçun qilingan xarajatlari qoplangani, bu ekin uçun e'tirozlari yöqligi haqida tilxatlar ham olindi.














