Samarqand viloyati Past Darğom tumanida harbiy texnika yöl-transport hodisasiga uçragan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 20 may kuni 11:30larda davlat ahamiyatidagi 4-R-46 avtomobil yölining Past Parğom tumani hududidan ötuvçi 15-kilometrida tank yöl-transport hodisasi sodir etgan.
Harbiy avtomobil nazorati xodimlari kuzatuvi ostida harakatlanib kelayotgan harbiy texnikalar kolonnasida bölgan tanklardan birining haydovçisi rul boşqaruvini yöqotgan. Oqibatda, tank yölni ajratib turuvçi beton tösiqqa urilib, uning ustiga çiqib ketgan.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan. Tankka biroz şikast yetgan.











