Louis Vuitton va Dior brendlariga egalik qiluvçi LVMH holdingi egasi Bernar Arno dunyoning eng boy insonlari reytingida birinçi öringa kötarildi, deb xabar berdi Forbes.

Şuningdek, Amazon asosçisi Jyeff Bezos ham birinçi örinda qayd etilgan.

22 may kuni Arnoning boyligi 800 mln dollarga köpaydi, Bezosning boyligi esa 2,3 mlrd dollarga kamaydi. Endilikda har ikkisining boyligi 186 mlrd dollardan bölib turibdi.

Nyu-Yorkdagi savdolar yopilişi arafasida Arno qisqa vaqtga Bezosdan 100 mln dollarga boyroq böldi va birinçi örinda yolğiz özi turdi, deb yozadi Forbes USA. Arno 2019 yil dekabrda ham yolğiz özi birinçi öringa kötarilgandi. Öşandan buyon har ikki milliarderning boyligi 76 mlrd dollarga köpaydi.

Aprel boşidagi reytingda Bezos 177 mlrd dollar bilan yetakçi bölgan, Arno esa 150 mlrd dollar bilan uçinçi örindan joy olgandi. Ikkinçi öringa 151 mlrd dollar boylik bilan Tesla va SpaceX asosçisi Ilon Mask joylaşgandi. U hozir uçinçi öringa tuşdi (147,3 mlrd dollar).