Farğona viloyatidan çetga örikning ertapişar navini eksport qiliş boşlandi.

Farğona viloyati Bojxona boşqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Farğona, Oltiariq, Rişton, Beşariq va Özbekiston tumanlari bu borada yetakçilik qilişmoqda. 

“Marğilon” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postining Oltiariq tumanida joylaşgan eksportga kömaklaşiş bojxona punkti tomonidan sutkaning 24 soati davomida qişloq xöjaligi tovarlari eksporti böyiça bojxona rasmiylaştiruvi amalga oşirilişi yölga qöyilgan. 

2020 yilda viloyatdan jami 17 million AQŞ dollariga teng bölgan 19 ming 366 tonna örik qişloq xöjaligi mahsulotlari Rossiya, Qirğiziston, Qozoğiston, Litva, Latviya, BAA, Ukraina va Germaniya kabi davlatlarga eksport qilingan.

2021 yilda ham örikning dastlabki partiyalari Rossiyaga eksport qilinişi boşlangan. “Marğilon”, “Vodiy”, “Quvasoy”  va “Qirguli” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari tomonidan eksport bojxona rejimiga örik mahsulotlari rasmiylaştirilmoqda. 

Avvalroq Farğona viloyatidan 2020 yilning 9 oyi davomida xorijga qança gilos eksport qilingani ma'lum qilingan edi.