Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguning ta'kidlaşiça, mamlakatda mustaqil ravişda kuraşişga qodir sun'iy intellektga ega jangovar robotlar işlab çiqariş boşlangan.
«Endi biz şunçaki eksperimental namunalar emas, balki mustaqil ravişda kuraşişga qodir bölgan, haqiqatan ham öşa ilmiy fantastik filmlarda namoyiş etilgan robotlarga egamiz», deb ta'kidlagan Rossiya mudofaa vaziri «Novoye znaniye» marafoni paytidagi nutqida.
Ma'lum qilinişiça, Rossiyada «ertangi kun qurollari»ni yaratiş böyiça katta iş olib borilmoqda.
Ayni paytda Rossiyaning bir neçta mudofaa korxonalari birdaniga armiya uçun jangovar robotlar tayyorlamoqda.
Ma'lumot uçun, sun'iy intellekt texnologiyalari allaqaçon Rossiya harbiy sanoatida qöllanib kelinmoqda. Xususan, S-400, S-350, «Pansir» zenit raketa tizimlari sun'iy intellekt elementlari bölgan kompyuterlar hisobiga işlaydi. Beşinçi avlod Su-57 qiruvçi samolyotda ikkinçi uçuvçi rolini sun'iy intellekt bajaradi. Şuningdek, robotlardan odamlarni jang maydonidan evakuatsiya qiliş işlarida ham foydalaniladi.











