Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqsi böyiça vitse-prezidenti Anna Berdening Özbekistonga qilgan taşrifi yakunlari böyiça maqolasi çop etildi.

Ta'kidlanişiça, Jahon Banki 2022-2026 yillarda Özbekistonda Şeriklik dasturi doirasida islohotlarni qöllab-quvvatlaşni davom ettiradi.

Amaldagi dastur böyiça, umumiy qiymati 4,3 milliard dollarga teng bölgan 24ta loyiha moliyalaştiriladi. Uşbu loyihalar makroiqtisodiy islohotlar, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, ta'lim, suv ta'minoti va sanitariya, energetika, transport, aholini ijtimoiy himoya qiliş, şahar va qişloqlarni rivojlantiriş kabi muhim sohalarda amalga oşiriladi.

Anna Berde Özbekistonga taşrifi davomida Jahon banki tomonidan ajratilgan umumiy qiymati 289 million dollar va Şveytsariyaning Iqtisodiy işlar böyiça davlat kotibiyatining 7,8 million dollarlik kreditlarini imzolaş marosimida ham qatnaşgan. Ma'lum qilinişiça, uşbu mablağlar Özbekistonning uçta mintaqasida suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini yaxşilaş va bozorga yönaltirilgan Milliy innovatsion tizimni rivojlantiriş böyiça loyihalarni amalga oşiriş işlarida sarflanadi.

Ma'lumot uçun, bu Anna Berde xonimning Markaziy Osiyoga birinçi taşrifi hisoblanadi. Şuningdek, Jahon bankining vitse-prezidenti Qirğiziston, Qozoğiston va Tojikistonda ham amaliy taşrif bilan böldi. Asli Şveytsariya fuqarosi hisoblanadigan Anna Berde 2020 yil 1 maydan e'tiboran Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça vitse-prezidenti lavozimida işlab kelmoqda.