Avtomaşinaning davlat raqami yöqligi va old öng tomoni şikastlangani Milliy gvardiya harbiy xizmatçisi S.Kubayevda şubha uyğotdi. Uşbu qarovsiz avtomaşina egasining şaxsiga aniqlik kiritiş maqsadida, Çilonzor tumani yöl-patrul xizmatiga murojaat qilinganda, içki işlar axborot bazasidan kuzov raqami asosida “Spark” avtomaşinasi egasining şaxsi aniqlandi.
Mazkur avtomaşina egasi Toşkent şahar Olmazor tumanida tuğilgan, 23 yoşli fuqaro M.S. ekani ma'lum bölgaç, axborot bazasidagi mobil telefon raqami orqali u bilan boğlanildi va voqea joyiga çaqirildi.
Voqea joyiga yetib kelgan fuqaro M.S. avtomobil haqiqatdan ham unga tegişli ekanini tasdiqlab, 2018 yil 4 mart kuni soat taxminan 07:00lar atrofida Çilonzor tumanidagi “Toşkent savdo markazi” bozori yonida öğirlab ketilganini ma'lum qildi.
Avtomaşina öğirlik sodir etgan jinoyatçining qöl izlarini oliş va uni topişda foydalaniş uçun ekspertizaga yuborildi, deyiladi Milliy gvardiya xabarida.












