Yevropa ittifoqi rahbarlari Minskda Ryanair aviakompaniyasining bortida Nexta telegram-kanalining sobiq muharriri Roman Protaseviç bölgan samolyotining favqulodda qöndirilişini qoralab çiqişdi va samolyotdagi barça yölovçilar qöyib yuborilişini talab qilişdi.
Avvalroq Afinadan Vilnyusga uçgan samolyot «minalaştiriş» haqidagi xabardan söng Minskdagi aeroportga qöndirilgan. Ma'lumotlarga köra, Minskda yölovçilar samolyotdan tuşirilgan va qayta tekşiruvdan ötkaziş uçun aeroport içkarisiga olib ketilgan, şu vaqtda Protaseviç qölga olingan.
Yevropa ittifoqi boş organi - Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen samolyot bilan yuz bergan hodisani “nomaqbul” deb atadi.
“Afinadan Vilnyusga uçgan samolyotni Minskda qönişga majbur qiliş mutlaq nomaqbul hodisadir. Barça yölovçilar Vilnyusga yöllarini zudlik bilan davom ettiriş imkoniga ega bölişlari kerak. Havo transporti xalqaro qoidalarining har qanday buzilişi jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin”, deb yozgan Yevrokomissiya rahbari tvitterda.
Fon der Lyayyen Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti ICAO’ni samolyotning Minskka qöndirilişini tergov qilişga çaqirgan.
Öz navbatida Yevrokengaş raisi Şarl Mişel ham samolyot va barça yölovçilarni qöyib yuborişga çaqirgan. Şuningdek, Yevropaning köplab yetakçilari, jumladan Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo, Avstriya va Estoniya taşqi işlar vazirlari Protaseviçning ozod qilinişini talab qilişgan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko matbuot xizmatiga yaqin bölgan “Pul pervogo” kanali samolyot Minskka qöndirilgandan keyin Lukaşenko Yevropani himoya qilgani haqida maqola e'lon qilgan. “Vaziyat haqida prezidentga ma'lum qilingan. Lukaşenko samolyotni ortga qaytarişni va qabul qilişni buyurgan”, deb aytilgan maqolada.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari Ryanair’ni tanqid qilişga tuşib ketişgan. Ular kompaniyaning Instagram’dagi postiga izohlarda hodisa yuzasidan tuşuntiriş berişni talab qilişgan va kompaniyani “insoniyatga qarşi jinoyat sodir etişda” ayblaşgan va “diktatorning şerigi” deb ataşgan.
Keyinroq kompaniyada Belarus rasmiy idoralari yölovçi samolyoti xavfsizligi tahdid ostida ekanini ma'lum qilgani va ekipaj Minskda qönişga körsatma olgani aytilgan.
“Heç qanday xavfli narsa topilmadi va rasmiy idoralar samolyotga yölovçilar va ekipaj bilan parvozni davom ettirişga ruxsat berdi. Minsk aeroporti Ryanair’ga samolyot Britaniya vaqti bilan soat 17da uçib ketişini ma'lum qilgan”, deb aytilgan kompaniyada.













