Mutaxassislar Medical Detection Dogs xayriya taşkilotining 6ta itida tadqiqot ötkazişgan. Ular bu maqsadda koronavirusga çalingan odamlarning kiyimi va himoya niqoblari namunalarini töplaşgan.
Söngra itlar uşbu namunalar böyiça koronavirusning kimyoviy birikmasini aniqlaşga örgatilgan. Tadqiqot natijalariga köra, itlar koronavirusni 82–94 foiz aniqlik bilan topişga muvaffaq bölgan.

E'tiborlisi, ular koronavirusni aniqlaş tezligi böyiça PsR-testlarni ortda qoldirgan. Ta'kidlanişiça, itlar ikkitadan bölib işlab, yarim soat içida 300 kişini tekşira oladi. Bu esa örtaça hisobda bir aviareysdagi yölovçilar soniga teng. Şu sababli bu amaliyotni aeroportlarda qöllaş rejalaştirilmoqda.
«Gap şundaki, itlar koronavirusni testlardan köra ança tezroq aniqlay oladi», deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Jyeyms Logan.
Avvalroq şunday amaliyot Xelsinki aeroportida qöllangan. U yerda maxsus tayyorlangan itlar hid böyiça yölovçilarda koronavirus bor-yöqligini aniqlagan.









