Falastinning HAMAS harakati Minskda favqulodda qöndirilgan Ryanair samolyotini portlatiş bilan tahdid qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda harakat vakili Favzi Barhum ma'lum qildi.  

Avvalroq Belarus transport va kommunikatsiyalar vazirligining aviatsiya departamenti direktori Artem Sikorskiy Minsk aeroporti elektron poçtasiga HAMAS jangarilari nomidan samolyot minalaştirilgani haqida xabar kelganini ma'lum qilgandi. Şundan keyin samolyot Minskda qöndirilgan.  

«HAMAS Belarus bayonotiga qaramay, samolyotning majburiy qöndirilişiga aloqasi yöq. Biz HAMASni yomonotliq qilişga va Falastin xalqi hamda uning qonuniy kuraşi qöllab-quvvatlanişiga xalaqit qilişga intiluvçi şubhali taşkilotlar qöllaydigan usullardan foydalanmaymiz», deb aytilgan Barhum bayonotida. 

Eslatib ötamiz, 23 may kuni Minsk aeroporti matbuot xizmati Afinadan Vilnyusga uçgan samolyot «minalaştiriş» haqidagi xabardan söng majburan qöndirilganini ma'lum qilgandi. Samolyot bortida Belarusda ekstremistik deb tan olingan NEXTA Telegram-kanalining sobiq muharriri va asosçilaridan biri Roman Protaseviç bölgan. U samolyot qöngaç qölga olingan.