Xitoyning smartfon işlab çiqaruvçi Honor kompaniyasi AQŞning Google kompaniyasi bilan hamkorlikni tikladi.

Brend avvalroq iyunda sotuvga çiqadigan smartfonlar Qualcomm çiplari bilan jihozlanişini e'lon qilgandi. Şuningdek, smartfonlar Google ilovalariga ham ega böladi.

Kompaniya ikki yil davomida AQŞ sanksiyalari ostida bölgan, şu sababli Amerika işlanmalaridan foydalana olmagandi.  

Ma'lumot berilişiça, Honor 50 smartfonlari Google servislariga ega böladi.

Ikki yillik tanaffusdan söng Honor 50, Honor 50 Pro va Honor 50 Pro+ smartfonlariga Qualcomm protsessorlari örnatiladi.

2019 yilda AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soladigan qurilmalar savdosini taqiqlaş töğrisidagi farmonni imzolagaç, AQŞ moliya vazirligi Huawei kompaniyasini qora röyxatga kiritganidan söng Honor va Huawei muammoga duç kelgandi. Öşanda Google bu kompaniyalar bilan hamkorlikni töxtatgan.