Milliarderlar röyxatini real vaqtda yangilab boruvçi reyting ma'lumotlariga köra, Arnoning boyligi bir kunda 710 mln dollarga köpayib, umumiy hisobda 186,3 mlrd dollarga yetdi. Bezos esa 186 mlrd dollar bilan 2-öringa tuşdi. 

Şu bilan birga, Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingiga köra, Arno 162 mlrd dollar boylik bilan Bezosdan keyin hamon 2-örinni egallamoqda. Bloomberg ma'lumotlariga köra, fransuzning boyligi yil boşidan beri 47,9 mlrd dollarga köpaygan.  

Forbes reytingiga köra, milliarderlar röyxatida 3-örinni Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask 147,3 mlrd dollar bilan egallamoqda. Yetakçi beşlikdan Microsoft asosçisi Bill Geyts (125,5 mlrd dollar) va Facebook asosçisi Mark Tsukerberg (114,7 mlrd dollar) ham joy olgan.