Toşkent şahrida bölib ötayotgan «Toşkent 5 taşabbus harakati» tadbirlari doirasida Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev yoşlar bilan uçraşdi. Tadbirda Qudbiyev Kun.uz muxbirining soliq yuki töğrisidagi savoliga javob berdi.
Kun.uz: — Özbekistonda soliq tuşumlari 30 foizga köpaydi, YaIM ösişi esa 3 foiz. Qator sohalar hali tiklangani yöq. Bu holat iqtisodiyotga soliq yukining oşib borayotganidan dalolat emasmi?
Soliq qömitasi raisi soliq tuşumlarining oşgani soliq yuki oşişidan dalolat bermasligini aytib ötdi. Şuningdek, u ötgan yilga nisbatan 2021 yilda QQS tuşumi 40 foizga oşganini va qömita soliq ma'murçiligini yaxşi amalga oşirayotganidan faxrlanişini ta'kidladi.
«Soliq tuşumlari deyarli 30 foizga nominal qiymatda oşdi, iqtisodiy ösiş nominalda hisoblanmaydi. Iqtisodiy ösişni hisoblayotganda albatta, inflatsiya darajasi hisobga olinadi. Töğridan töğri baholaş notöğri. Lekin soliq tuşumlarining ösişi iqtisodiy ösiş suratlariga qaraganda yuqoriroq bölyapti, biz bundan faxrlanamiz, ya'ni biz soliq ma'murçiligini yaxşi amalga oşiryapmiz.
Nafaqat 30 foiz, men boşqa narsani aytaman, qöşimça qiymat soliği tuşumlari ötgan yilgi birinçi çorak bilan bu yilgi birinçi çorakni taqqoslasangiz, 40 foizga oşdi. Demak, biz QQS ma'murçiligini yaxşi qilyapmiz.
Endi QQS ma'murçiligini yaxşi qilyapsizmi yoki iqtisodiyotga soliq yukini tuşiryapsizmi degan savol bölişi mumkin. Yöq, iqtisodiyotga soliq yukini tuşirmayapmiz, çunki Özbekiston iqtisodiyoti deyarli 50 foiz soyada, buni hamma xalqaro moliya institutlari ham tan oldi. Ya'ni haqiqiy qilgan aylanmasini körsatmayapti.
Yaşirin iqtisodiyotda qolgan tovar aylanmasini legallaştiriş evaziga umumiy tuşumni oşirdik», — dedi Qudbiyev.
Şu bilan birga, DSQ raisi bir yil içida soliq tuşumlari oşganini qöşimça qildi, bu raqamlar heç qayerda keltirilmaganiga urğu berdi.
«Yana bir yangi raqam, bu heç qayerda çiqmagan hali. Ötgan yil may oyida 7,2 trillion söm mablağ tuşirardik. Kurs böyiça 720 million dollar. Oxirgi oyda 10 trilliondan ortiq mablağ tuşiryapmiz, demak, har oyda Özbekiston soliq organlari davlat budjetiga 1 milliard dollar pul tuşiradi. Yangi Soliq kodeksi qabul qilinib, soliq islohotlari yangi bosqiçga çiqqani mevasini beryapti», — dedi u.















