Lukaşenko Hukumat uyining Oval kabinetida parlamentariylar va konstitutsion komissiya a'zolari qarşisidagi çiqişi çoğida Ryanair aviakompaniyasi reysi Minskda töxtalişişi bilan boğliq holat yuzasidan ilk marta izoh berdi.

Prezident matbuot xizmatiga yaqin bölgan «Pul pervogo» telegram-kanalida ma'lum qilinişiça, Lukaşenko «qonun doirasida harakat qilib, barça xalqaro qoidalarga rioya etgan holda odamlarni himoya qilgani» haqida aytgan va layner Belarus qurolli kuçlarining MiG-29 rusumli qiruvçi samolyoti tomonidan majburan qöndirilgani haqidagi gaplarni «mutlaqo yolğon» deb atagan.

«Camolyot minalangani haqidagi xabar Şveytsariyadan kelib tuşdi. Biz qanday harakatlanişimiz lozim edi? Bizni IP-manzillari Polşa, Litva va Latviyaniki bölgan samolyotlar doimiy ravişda «minalaşadi». Biz ma'lumotni ekipajga yetkazdik, ularda qaror qabul qiliş uçun yetarli vaqt böldi.

HAMASmi, HAMAS emasmi, buning ahamiyati yöq. Bortni na Vilnyus, na Varşava, na Kiyev, na Lvov qabul qilişni xohladi. Samolyot BelAES yaqinida burildi, agar bomba çindan bölganidaçi — Çernobil kammidi? Bomba bölsa bölmasa, agar menga samolyotda terrorçi borligini aytişsa, men darhol samolyotni qöndirişga buyruq beraman. Qiruvçi samolyot mutlaqo qoidalar böyiça kötarildi, men mamlakat xavfsizligi haqida öyladim, men samolyot bizning odamlarimiz boşiga qulaşiga yöl qöya olmasdim.

Samolyotda qonli isyon uyuştirmoqçi bölgan terrorçi bölgan va bu haqda Belarusdan uzoq-uzoqlarda ham bilişadi. U va uning şeriklari kimlarga işlaydi? Men qonuniy harakat qildim va bundan keyin ham şunday böladi. Ammo samolyot qönişga ulgurmasidan Ğarbdan ayblovlar va parvozlarni taqiqlaşga çaqiriqlar kelib tuşa boşladi. Juda tez «reaksiya qilişdi». Maqsad aniq. Belarusda bunday işlar qilişdan kim manfaatdorligi ham aniq. Biz sovuq uruşning emas, muzli uruşning oldingi safidamiz», degan u.

Lukaşenko Ryanair reysi ekipaji samolyor egalari va Vilnyus aeroporti bilan maslahatlaşgani, ammo öz ixtiyorlari bilan Belarus poytaxtiga qönişga qaror qilişgani haqida ma'lum qilgan.

Belarus prezidenti Protaseviç va Sapegi qölga olinganidan keyin bortga qaytmagan yölovçilar haqida ham izoh bergan. «Vilnyusdan baribir qaytib kelişi kerak bölgan uç kişi samolyotdan tuşib qolgan, ammo ularni KGB xodimlariga çiqarişdi», degan u.

Lukaşenko yaqin vaqtlar içida qölga olinganlar «nima gapirgan bölsa bari»ni taqdim etişga va'da bergan hamda Ğarb davlatlarining uşbu hodisaga bildirgan reaksiyasini qoralagan.

«Biz giyohvand moddalar va migrantlarni töxtatib turgandik – endi ularni özingiz yeysiz va uşlaysiz», deydi u.