23 may kuni Lukaşenkoning buyruği bilan harbiylar Afinadan Vilnyusga yöl olgan Ryanair aviakompaniyasi samolyotini Minskka qöndirişdi. Samolyot bortida Belarus hukumatiga qarşi namoyişlarni faol yoritgan va muxolifatçilarning birinçi raqamli resursiga aylangan Nexta Telegram kanalining sobiq boş muharriri Roman Protaseviç va uning sevgan qizi bor edi — samolyot qönganidan keyin ular qölga olindi, qolgan yölovçilar esa yetti soatdan keyin parvozni davom ettiriş uçun qöyib yuborildi.

Bu hodisa xalqaro inqirozli holatni keltirib çiqardi.

Irlandiya loukosteri bölmiş Ryanair kompaniyasi reys ekipaji Belarus havo harakati boşqarmasi tomonidan bortda xavfsizlikka potensial tahdid borligi haqida ogohlantirilgani va bortni eng yaqin aeroport — Minskka yönaltiriş haqida körsatma olgani haqida ma'lum qildi. 

Kompaniya boş direktori Maykl ÖLiri yölovçi samolyot majburan Minsk aeroportiga qöndirilişini «davlat qaroqçiligi» deya tavsifladi. «Mohiyatan, bu diktator tomonidan boşqariladigan rejimning odam öğirlaş harakatidir», dedi Maykl ÖLiri. U layner bortida Belarus maxsus xizmatlari xodimlari ham bölganini taxmin qildi. Uning sözlariga köra, Minskda samolyotdan odamlar tuşirilgaç, beş yoki olti kişi unga qaytib çiqmagan.

Layner Afinadan Vilnyusga uçayotgan bölgan. Litva politsiyasi ma'lumotiga köra, uning bortiga Gretsiyada 126 kişi çiqqan, Minskdan Vilnyusga 121 yölovçi uçib kelgan. Samolyotdan tuşib qolganlarning ikki nafari ma'lum — bu Roman Protaseviç va Sofya Sapega. Yana uç kişi kim ekani noma'lumligiça qolmoqda. Layner Minskka qöndirilişi yuzasidan Litvada «samolyot qölga olinişi va odamlarga xalqaro huquqda taqiqlangan tarzda muomala qiliş fakti» böyiça jinoiy iş qözğatilgan.

Aviakompaniyalar Belarusni aylanib ötgan holda uçişga qaror qilmoqda. Hozirgaça Latviyaning airBaltic, Niderlandiyaning KLM, skandinavlarning SAS, vengrlarning Wizz Air, nemislarning Lufthansa, fransuzlarning Air France, Avstriyaning Austrian Airlines, Polşaning LOT, Singapurning Singapore Airlines, Finlandiyaning Finnair hamda Ispaniyaning Iberia aviakompaniyalari Belarus havo hududiga kirişni töxtatdi. Litvadagi aeroportlarga Belarus ustidan uçuvçi samolyotlarni qabul qiliş taqiqlandi. Bundan taşqari, Litva öz fuqarolariga Belarusga safar qilmaslikni tavsiya qilmoqda, u yerdagi fuqarolarni esa tezda uşbu mamlakatni tark etişga çaqirmoqda. Belaruslarning «Belavia» aviakompaniyasi bunga javoban Vilnyusga reyslarni bir oy muddatga töxtatgan.