«Avvalroq mazkur holat Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatiga kömaklaşuvçi komissiyasi (Maxsus komissiya) tomonidan nazoratga olinib, örganiş işlari olib borilayotganligi böyiça xabar berilgan edi.
Ta'kidlaş joizki, ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan har bir masala puxta va sinçkovlik bilan qonunçilikka tayangan holda örganiş talab etiladi. Şu bois, masalaga huquqiy yeçim topiş va adolatli qaror çiqariş maqsadida ayni paytda Maxsus komissiya tomonidan örganiş işlari davom ettirilmoqda.
Tez kunlarda uşbu örganiş natijalari yuzasidan jamoatçilikka batafsil ma'lumot beriladi.
Murojaatda keltirib ötilgan vajlar öz tasdiğini topgan taqdirda, qonunçilikka zid ravişda qabul qilingan qaror Senat tomonidan örnatilgan tartibda bekor qilinişi ta'minlanadi», deyiladi Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabarida.
Eslatib ötamiz, Xalq deputatlari Andijon şahar kengaşi deputatlari prezidentga videomurojaat yöllaşgan, unda mahalliy kengaş mas'ullari tomonidan özlariga ötkazilayotgan bosim va tazyiqlar hamda kengaşning qonun va qonunosti hujjatlarga zid ravişda çiqarilayotgan qarorlaridan norozi ekanligini bildirgan edi.









