2021 yilning 1 aprel holatiga köra, davlat taşqi qarzi 21 mlrd dollarni (YaIMga nisbatan 36,3 foiz) taşkil etdi. Moliya vazirligi mazkur mablağlarning tarmoqlar kesimidagi taqsimoti haqida ma'lumot berdi.

Davlat taşqi qarzining tarmoqlar kesimida taqsimlanişi

Vazirlik hisobotiga köra, içki imkoniyatlar çeklangan holatda, davlat taşqi qarzi asosan infratuzilma, sanoat va qişloq xöjaligi loyihalariga yönaltirilmoqda.

Xususan, 2021 yilning dastlabki 3 oyida jami davlat taşqi qarzining 20,8 foizi yoki 4,4 mlrd dollari davlat budjetini qöllab-quvvatlaşga sarflangan.

Şuningdek:

  • 3 mlrd dollar (14,5 foiz) elektr energetika sohasiga,
  • 2,6 mlrd dollar (12,6 foiz) energetika sohasiga,
  • 2,4 mlrd dollar (11,3 foiz) transport va transport infratuzilmasiga,
  • 2 mlrd dollar (9,4 foiz) uy-joy kommunal xöjaligi sohalariga yönaltirilgan mablağlar hissasiga töğri keladi.

«Davlat taşqi qarzining katta qismi uzoq muddatga, imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan. Özbekiston xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlaridan qarz mablağlarini jalb qilişda konservativ yondaşuvga hamda xatarlarni boşqariş tamoyillariga amal qiladi», deyiladi vazirlik ma'lumotida.

Davlat taşqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanişi

Özbekistonning xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilgan taşqi qarz portfeli hajmi 10,1 mlrd dollarni taşkil etadi. Xususan, 2021 yilning yanvar-mart oylarida Koreya Eksimbanki bilan 164 mln dollarga teng 40 yil muddatga (10 yillik imtiyozli davri bilan) 0,15 foizli 2ta qarz bitimi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan 135,5 mln dollarga teng 15 yil muddatga (4 yil imtiyozli davri bilan) 0,01 foizli bitta qarz bitim imzolandi.

Davlat taşqi qarzining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (5 mlrd dollar), Jahon banki (3,8 mlrd dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd dollar) hissasiga töğri keladi.