Moliya vazirligi 2021 yilning 1 aprel holati böyiça davlat qarzi haqida hisobot berdi.

Ma'lum qilinişiça, ötgan oy avvalida davlat qarzi miqdori 23,2 mlrd dollarni yoki yalpi içki mahsulotga (YaIM) nisbatan 40,1 foizni taşkil etdi va yil boşiga nisbatan 133,7 mln dollarga kamaydi.

Davlat qarzi körsatkiçlari

Hisobot davrida davlat taşqi qarzi 21 mlrd dollarni (YaIMga nisbatan 36,3 foiz) taşkil etdi va yil boşiga nisbatan 73,6 mln dollarga kamaydi.

Davlat içki qarzi esa 2,2 mlrd dollarni yoki YaIMga nisbatan 3,8 foizni taşkil etdi va yil boşiga nisbatan 60,1 mln dollarga kamaydi.

Davlat qarzining 133,7 mln dollarga kamayişi, asosan, yangi jalb qilingan qarz mablağlarining özlaştirilişiga qaramay davlat qarzi böyiça asosiy qarz tölovlarining amalga oşirilişi hamda davlat qarz portfeli tarkibidagi valuta kurslaridagi özgarişlar bilan izohlanadi. Xususan, joriy yilning dastlabki 3 oyida:

  • respublika nomidan jalb qilingan taşqi qarz qoldiği 126,2 mln dollarga kamaydi;
  • davlat kafolati ostida jalb qilingan taşqi qarz qoldiği 52,6 mln dollarga oşdi;
  • davlat kafolati ostida jalb qilingan içki qarz qoldiği 73,1 mln dollarga kamaydi;
  • davlat qimmatli qoğozlarini emissiya qiliş natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar qoldiği 135 mlrd sömga oşdi.

Qayd etilişiça, davlat qarzining YaIMga nisbatining pasayişi yuqoridagilar bilan birga joriy yilning yanvar-mart oylarida kuzatilgan real iqtisodiy ösiş natijasida YaIM hajmining oşişi bilan ham izohlanadi.

Xususan, 2021 yilning dastlabki 3 oyida YaIM real ösiş sur'ati 3 foizni taşkil etgan. Bunda davlat qarzi özgarişiga eng katta ta'sir körsatgan valuta Yaponiya iyenasi böldi. Jumladan, hisobot davrida Yaponiya iyenasi AQŞ dollariga nisbatan 6,1 foizga qadrsizlangan (Yaponiya iyenasida jalb qilingan davlat taşqi qarzi portfelning 11 foizini taşkil etadi).