Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Maktabgaça ta'lim va tarbiya töğrisida»gi qonun qabul qilinişi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qaror qabul qilindi.
Xususan, VMning 21.11.2017 yildagi «Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligi töğrisidagi nizomni hamda Maktabgaça ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş instituti ustavini tasdiqlaş haqida»gi 929-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:
Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
- vazirlikning markaziy apparati;
- hududiy bölinmalar;
- Maktabgaça ta'lim taşkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş instituti;
- «Ilk Qadam» jurnali tahririyati;
- davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari;
- Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi;
- Maktabgaça ta'limni rivojlantiriş jamğarmasi;
- Ixtisoslaştirilgan loyiha-izlaniş instituti;
- Infratuzilmani rivojlantiriş böyiça injiniring kompaniyasi;
- Maktabgaça ta'lim vazirligining pedagogika kollejlari.
30.07.2018 yildagi 595-son VMQ bilan tasdiqlangan Oilaviy nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalari hamda oilaviy nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyati böyiça ruxsatnoma beriş tartibi töğrisidagi nizomlarga özgartirişlar kiritildi.
25 nafargaça bolani (amaldagi variantda –12 nafargaça bolani) tarbiyalaşni nazarda tutuvçi oilaviy nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalarini moddiy-texnik va metodik jihatdan ta'minlaş şaklidagi davlat-xususiy şeriklik loyihasi xususiy şerikning taşabbusi bilan, tanlov ötkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni örganiş asosida ular bilan töğridan töğri muzokaralar ötkaziş orqali amalga oşiriladi.
DXŞ töğrisidagi şartnomani tuziş mexanizmlari, xususan, ariza taqdim etiş, hujjatlarni körib çiqiş bosqiçlari va boşqalar batafsil bayon etildi.
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga boşqa özgartirişlar va qöşimçalar ham kiritildi, şuningdek öz kuçini yöqotgan hujjatlar röyxati tasdiqlandi.












