Shiddat bilan ilgarilab borayotgan zamonaning zayli keng va ochiq dunyoqarash bilan bir qatorda, qulay shart-sharoit va infratuzilmani ham birdek talab etadi.
26 may kuni OAV vakillari va blogerlar uchun MJ Developer kompaniyasining qurilishi rejalashtirayotgan loyihalari bilan tanishtiruv prezentatsiyasi bo‘lib o‘tdi. Loyihaning xorijiy investorlari uchrashuvda qatnashib, berilgan savollarga javob berildi.


Bu kompaniya O‘zbekiston bozoriga 100 million dollar kiritishi 2018 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston-Hindiston o‘rtasidagi muzokaralar doirasida kelishuvga erishilgan.
MJ Developer kompaniyasining e'tiborni tortadigan loyihalari:
- Namanganda vodiydagi ilk smart siti qurilishi;
- Ilk bor Toshkentdan tashqari xududda 5 yulduzli mehmonxona qurilish;
- Toshkent shahri ichidagi siti – Minerva City. Bu loyihaning 60 foizi yam-yashil ekzotikadan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan;
- Minerva City o‘zining golf maydoniga ega birinchi qurilayotgan siti hisoblanadi.

Hozir butun dunyoda yashillik, ekzotikaga e'tibor qaratilmoqda, bizdagi quruvchi kompaniyalar esa bu sohada ilg‘or emasdek. Bu loyiha aynan shu jihatga asosiy e'tibor berayotgani tahsinga sazovor.
Dastavval, investorlar bilan uchrashuvda kompaniya vakillari kerakli ma'lumotlarni berishdi. So‘ngra obektlarni ko‘rish boshlandi. Club house va Golf maydonida loyihalar maketlari bilan tanishtirildi.

So‘ngra, Rohatdagi obod qilinayotgan o‘sha mashhur cho‘milish havzasi o‘rniga qurilayotgan Lake City'ga borildi. Loyiha bo‘yicha akvapark, savdo markazi, xalqaro maktab, mehmonxona va turar joy binolari qurilishi rejalashtirilgan. Ochig‘i loyihalarni ko‘rib tezroq qurilsa-yu, poytaxt yanada ko‘rkamlashsa deb qoladi odam.
Hozirda kompaniya Buxoro shahrida 5 yulduzli mehmonxona, Namanganda 18 gektarli aqlli shahar – Namangan Square, Sergelida hamma sharoitiga ega (ta'lim dargohlari, tibbiyot muassasalari, 2 km lik ajoyib ko‘prik, golf maydoni va boshqalar) Minerva City, yuqorida aytganilganidek ko‘l bo‘yida (Rohat tomonda) Lake City kabi loyihalarni qurish ishlari bilan band.

















