Ma'lumotlarga köra, Boat Tail’ning yangi modeli kapotining orqa qismida kokteyllar uçun aylanuvçi stolça, içimliklarni saqlaş uçun maxsus muzlatkiç, stulçalar, qimmatbaho idişlar joylaştirilgan. Biroq avtomobilning eng qiziq jihati avtomatlaştirilgan soyaboni hisoblanadi. Ma'lumotlarga köra, noodatiy komplektatsiyadagi maşinani sayohatlarni va oçiq havoda tamaddi qilişni yoqtiruvçi badavlat juftlik buyurtirgan.

Britan markasi vakillarining ta'kidlaşiça, avtomobilni loyihalaş va işlab çiqariş 4 yil vaqt va «har bir detaliga sinçkov e'tibor» talab etgan.
Eksklyuziv avtomobilning narxi 28,4 mln dollarni taşkil qiladi. Kompaniyada ta'kidlanişiça, bu pulga Rolls-Royce’ning 710 ming dollar turuvçi flagman limuzini Rolls-Royce Phantom’dan 40tasini sotib oliş mumkin.

Bungaça dunyoda eng qimmat maşina 2019 yilda taqdim etilgan 16,3 mln dollarlik Bugatti La Voiture Noir giperkari bölib kelayotgandi.

Rolls-Royce vakillarining aytişiça, Boat Tail’ning bunday qimmatligi avtomobil noldan boşlab loyihalanib, işlab çiqarilgani bilan boğlangan.












