Avtomobil yöli qurilişi sohasiga oid barça funksiyalarning bitta taşkilotda jamlanişi avtomobil yöllarining sifatiga salbiy ta'sir körsatmoqda. Bu haqda Senatning 29 mayda ötkazilgan ön beşinçi yalpi majlisida aytib ötildi.
Qayd etilişiça, “Amirsoy” toğ kurortiga olib boruvçi avtomobil yölini quriş böyiça işlab çiqilgan loyiha-smeta hujjatlari Transport vazirligi huzuridagi Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan örganib çiqilib, kamçiliklar mavjudligi sababli me'yoriy hujjatlar talablariga töliq moslaştirib, qaytadan ekspertizadan ötkaziş lozimligi töğrisida xulosa berilgan.
“Şundan söng yana ikki marotaba Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan Toşkent viloyati avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasiga “Amirsoy” toğ kurortiga olib boruvçi avtomobil yölini quriş böyiça işlab çiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini qayta ekspertizadan ötkazmasdan turib, quriliş işlarini olib boriş mumkin emasligi töğrisida xatlar yuborilgan bölişiga qaramasdan, “Toşkent viloyati mintaqaviy yöllarga buyurtmaçi xizmati” davlat unitar korxonasi tomonidan yöl qurilişi davom ettirilib, yakuniga yetkazilgan”, deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinişiça, oqibatda joriy yil mart oyida aynan mazkur yölda köçki sodir bölib, avtomobil yöliga jiddiy zarar yetkazilgan.












