Britaniyalik olim öz tadqiqotida COVID-19 özining tabiiy ajdodiga ega emas va xitoylik olimlar tomonidan yaratilgan bölib, keyinçalik izlarni yöqotiş uçun «retro-injyeneriya» yordamida uning körşapalakdan odamga ötgandek qilib körsatilgani haqida aytdi.
DailyMail naşri britaniyalik olim Angus Dalgliş tomonidan Quarterly Review of Biophysics Discovery ilmiy naşrida çop qilinişi uçun yuborilayotgan maqola tahririyat ixtiyoriga yetib kelgani haqida xabar berdi. Tadqiqotda bildirilişiça, COVID-19 namunalarida unikal «barmoq izlari» mavjud bölib, u faqatgina laboratoriyada ötkazilgan manipulyatsiyalar natijasida vujudga kelgan. Tadqiqot böyiça funsionallikni oşiriş böyiça olib borilgan işlar jarayonida SARS-CoV-2 virusi Xitoy olimlari tomonidan yaratilganiga dalillar bor.
AQŞda vaqtinça man qilingan Gain of Function tadqiqoti tabiiy viruslarni özgartirib, uning insonga potensial ta'sirini örganiş maqsadida uning yuquvçanligini oşirişni öz içiga olgan.
Tadqiqotda aytilişiça, Xitoy olimlari Xitoy ğor körşapalaklarida topilgan tabiiy virusning «asosi»ni olib, unga yangi «tikan»ni joylaştirişgan va uni qotil COVID-19ga aylantirişgan.
Şu bilan birga, tadqiqotçilar Xitoy olimlari «işonçli ajdodiga ega bölmagan» yangi virusni yaratib qöyganliklarini yaşiriş uçun eskisi versiyalarni rekonstruksiya qilişganini aniqlaşgan.
«Biz retro-injyeneriyali virus yaratilgan deb hisoblaymiz. Ular virusni özgartirişgan, keyin bir neça yil avvalgi qilingan işlar ketma-ketligini aniqlaşga urinişgan», – deydi Dalgliş DailyMail naşriga.
Tadqiqotda Xitoy laboratoriyalarida «ma'lumotlar atay yöq qilingani, yaşirilgani» va «öz xulosalarini bildirişni istagan Xitoy olimlari buni qila olmaganliklari yoki yöqolib qolganliklari» aytiladi.












