Xitoylik huquq himoyaçisi, hozirda AQŞda yaşovçi Vey Tszinşen Xitoy koronavirus tarqalişini rasman e'lon qilişidan bir neça hafta oldin koronavirus haqida AQŞ maxsus xizmatlarini ogohlantirgan. Bu haqda The Mirror naşri xabar berdi.

Jurnalist Şarri Marksonning “Uhanda aslida nima yuz bergan?” nomli hujjatli filmida Tszinşen 2019 yil noyabrda Uhanda ötgan Butunjahon harbiy öyinlarida noma'lum virus borligidan qanday xabar topgani haqida sözlab bergan.

Uning ta'kidlaşiça, u öşa vaqtda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyatidagi yuqori mansabdor şaxslarni Uhandagi vaziyat jiddiyligidan ogohlantirişga uringan, biroq uning epidemiya yuz berişi mumkinligi haqidagi ogohlantirişi jiddiy qabul qilinmagan.

Xitoylik uşbu axborot bilan bölişgan amerikalik mansabdor şaxslarning ismini aytişdan boş tortgan va faqat xitoylik huquq himoyaçisi Dimon Lyu bilan gaplaşganini aytgan.

JSST koronavirus tarqalişini 2020 yil 30 yanvardagina xalqaro ahamiyatga ega favqulodda vaziyat deb e'lon qilgandi.