Joriy yil 28 iyul kuni Xitoyning Xubey provinsiyasi ma'muriy markazi Uhan şahridan birinçi yuk poyezdi Toşkentga jönab ketdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Xitoyning «Jenmin jibao» gazetasi elektron naşriga köra, poyezd Şinjon uyğur avtonom rayoni Xorgos temir yöl postidan ötadi va 12 kun içida öz manziliga yetib keladi. Poyezdda umumiy oğirligi 600 tonnadan ortiq bölgan bolalar aravaçalari, paxta tolasidan tayyorlangan iplar, poyabzal böyoqlari, maişiy texnika, konditsionerlar uçun butlovçi qismlar, mato va boşqa iste'mol mollari örin olgan.
«China Railway Modern Logistics Technology Co., Ltd» logistika kompaniyasi xodimining gazeta muxbiriga aytişiça, uşbu töğridan töğri temir yöl loyihasining işga tuşirilişi Xitoy va Özbekiston örtasida sanoat mollari almaşinuvi oşişiga va transport xarajatlari, tovarlarni yetkazib beriş bilan boğliq vaqtning qisqarişiga xizmat qiladi.
2020 yilda «Xebey Gaoi-Xorgos-Toşkent» yönalişi böyiça 50 ta vagondan iborat birinçi xalqaro yuk poyezdi qatnovi yölga qöyilgan edi.












