Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi ma'lumotlariga köra, 2020 yilning birinçi yarmida Rossiyaga 181 500 nafar xorijlik öqiş uçun borgan bölsa, şundan 24 ming nafari – özbekistonliklardir.

Tojikiston tomonidan olingan ma'lumotlarga köra, ayni paytda respublikada özbekistonlik talabalar soni 3 mingga yetgan. Bu körsatkiç, qöşni Qirğizistonda 30 ming, Qozoğistonda 26,5 ming, Janubiy Koreyada 10 ming, Xitoyda 5 ming, Germaniyada 2 ming, Latviyada – 1,5 ming, Turkiyada – 3,5, Belarusda – 2 ming, Ukrainada 4 ming, Yaponiyada 750 va Misr Arab Respublikasida 550 nafardan ortiqroqni taşkil qiladi.

Qolgan xorijiy davlatlardagi yoşlar ham umumlaştirilganda, hozir özbekistonlik 112 850 nafardan ortiq yoşlar xorijda öqiyapti (raqamlar bundan yuqoriroq bölişi mumkin – Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi).

Mamlakat yoşlarining xorijga intilişi

Tabiiy savollar tuğiladi: yoşlar orasida maktabni tugatgaç köp ötmay xorijga intiliş istagi paydo bölişi zamirida nimalar yotibdi? Umuman, yoşlarning xorijga intilişi ijobiy holatmi yoki salbiy? Agar salbiy bölsa, hukumat bu borada nimalar qilişi kerak? Şuningdek, bu holat özbek ta'limi va mehnat şaroitlari borasida nimalarni bildiradi?

Kun.uz muxbiri qator mutaxassislar bilan suhbatlaşib, şu kabi savollarga javob izladi.

«Asosiysi – salohiyatli kadrlarni uşlab qoliş» — Kamoliddin Rabbimov

Siyosiy tahlilçi Kamoliddin Rabbimovning fikriça, Özbekiston yoşlarining çetga ketiş istagi zamirida bir qança tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar bor.

«Yoşlar – qiziquvçan demografik qatlam, ular dunyoni körişni, öqiş va tajriba töplaşni istaşadi. Örta yoşdan ötganda, insonlarda ma'lum yopiqlik, konservatizm şakllanib boşlaydi. Lekin, ungaça, ayniqsa, yoşlarda taşqi dunyoga intiliş – bu faqat iqtisodiy omillar bilan boğliq bölmagan holat.

Özbekistonda, yoşlarning taşqi dunyoga intilişi zamirida, nazarimda, uç yirik omil mavjud.

Birinçi omil – ijtimoiy-iqtisodiy zarurat yoki qiyinçiliklar. Possovet davlatlari orasida, bir odam boşiga töğri keladigan yillik yoki oylik yalpi içki mahsulot uluşiga köra, Özbekiston ança orqada. Rasmiy ma'lumotlarga köra, yillik YaIM aholi jon boşiga 1700 dollardan töğri