Xitoy milliy valutasi – yuan kelgusida jahon savdosida eng köp qöllanuvçi valutaga aylanadi. Bu haqda amerikalik milliarder, Bridgewater Associates investitsiya kompaniyasi asosçisi Rey Dalio aytdi. 

Dalioning prognoziga köra, Xitoy valutasi AQŞ dollariga nisbatan «yaşovçanroq» bölib çiqadi.

«Fikrimça, kelgusida odamlar qaysi valutani qöllaşni özlari tanlaydilar va mustahkam iqtisodiy asosga ega valutalargina raqobatbardoş böladi. Köplab davlatlar uçun bu xavfga aylanadi», deb aytgan milliarder CNBC telekanaliga bergan intervyusida.

Uning ta'kidlaşiça, AQŞ iqtisodiyoti nafaqat yuan mustahkamlanişi, balki mamlakat içidagi muammolar, jumladan, amerikaliklarning kreditlaniş darajasi ösişi hisobiga zarba ostida qolişi mumkin.