«Minimal iste'mol xarajati 440 ming sömligi aytib ötildi. Bu örtaça iste'molni anglatadimi, degan fikr yuritişimiz mumkin. Lekin bu minimal iste'mol xarajati, ya'ni quyi çegara.
Siz bemalol bizni internet orqali kuzayotgan ekansiz, demak, sizda imkoniyatlar yetarli, ya'ni siz target guruhga kirmaysiz. Beş kişidan iborat oila böladigan bölsa, bir oyga 2 million 200 ming sömga töğri kelyapti. Agar oilaning iste'moli 2 million 200 ming sömdan kamroq bölsa, ularning daromadini mana şu miqdorga yetkazib olişimiz kerak.
Davlat e'tibori, moliyaviy resurslari, inson resurslari, olib borilayotgan ijtimoiy resurslar iqtisodiy siyosat mana şu narsaga qaratilişi kerak. Undan ham köproq daromad olayotgan va iste'mol qilayotgan odamlarimiz bor, lekin biz jamiyat sifatida target guruhga tuşib qolgan jamiyat a'zolariga e'tibor qaratamiz. Ya'ni mana şu kriteriyalar orqali bir oylik iste'moli oilada 2 million 200 ming sömdan kamroqqa tuşib qolayotgan bölsa, barça e'tibor ularga qaratiladi. Mana şu jihatdan bu raqam ahamiyatli.
Bu 440 ming söm bir oyga yetadi degani emas. Bu minimal iste'mol xarajati. Agar odam boşiga 440 ming sömdan kam pul topadigan oilani aniqlaydigan bölsak, birinçi örinda barça resurslar ularga qaratiladi.
Yangi instrumentlar qöllanadi, hududlar böyiça baho beriladi, lekin minimum iste'mol xarajatidan yuqoriga çiqarib olişimiz kerak.
Hozirgaça bu ölçov birligi bizda yöq edi. Biz buni kam yoki köp deb muhokama qilişimiz mumkin, lekin avval mana şu ölçov birligiga kelib olişimiz kerak. Kim 440 ming sömdan kam topayotgan bölsa, e'tibor ularga qaratiladi. Asosiy davlat e'tibor markazida ular böladi, şu jihatdan bu raqam ahamiyatli», dedi Obidxöjayev.
Avvalroq, hozirda davlatdan ijtimoiy nafaqa oluvçilarning soni 1 milliondan oşiqni taşkil etgani ma'lum qilingandi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston aholisining minimal iste'mol xarajatlari miqdori dastlabki hisob-kitoblarga köra, kişi boşiga bir oyda 440 ming söm etib belgilandi.












