Davlat rahbari savollarga javob berişdan oldin mamlakat rivoji jurnalistlarga ham boğliq ekanini ta'kidladi.
«Savollarga ötişdan oldin, menga bitta narsani va'da berişlaring kerak: köryapman, sizlar köp harakat qilyapsizlar, biz hammamiz mana şu yangi Özbekistonga mas'ul va javobgar ekanligimizni bilişimiz kerak», – deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident OAV vakillarini tarozining ikki pallasini ham inobatga olişga çaqirdi.
«Qalamlaring ötkir bölişini, xalqning yuragiga yetib borişini, tarozining ikki pallasini ham albatta e'tiborga olişlaring kerak. Keça kim edik, nimalar qilgandik, qaysi omillarni amalga oşirgandik, nima kamçiliklarimiz bor edi? Odamlarimizning turmuş darajasi, islohotlarga işonçi qanday oşyapti?

Qişloqlarda oddiy-oddiy uylarga kiryapmiz. Töğri, sizlar aytişlaring mumkin, prezident kelişiga bu uyni töğrilab, tayyorlagan deb. Bunday deb şubha qilişinglar mumkin, lekin bitta narsani bilişlaring kerakki, hamma qöyayotgan qadamlarimiz, sizlar bilan qilayotgan oçiq muloqotlarimizning zamiri – xalqimizga joylarda bölayotgan kamçiliklarimizni ham, yutuqlarimizni ham rost-röy yetkaziş. Bunda sizlar menga kömakçisizlar.
Sizlarning qalamlaring, çiqaradigan hamma ma'lumotlaring odamlarni töğri yölga [undaşi lozim]. Mana, kiçkinagina bojxona posti. Men boş vazir bölganimda bu yerlarga juda köp kelganman, inson omili 150 foiz edi (juda yuqori edi – tahr.). Inson omili bölganda xavf-xatarning oldini oliş, iqtisodiyotimizni barqaror qiliş böyiça juda katta nuqsonlar, kamçiliklar bor edi. Mana, hozir birinçi qadamlarimizni qöyyapmiz, hamma sohani raqamlaştiriş, iloji boriça inson omilini kamaytirib, adolatli, korrupsiyadan yiroq qilişga intilyapmiz», – dedi davlat rahbari.
«Ayritom» çegara bojxona postida raqamli majmualar işga tuşirildi












