Ma'lumki, bu inşoot Özbekiston bilan Afğoniston örtasidagi yagona ötkaziş punktidir. Mamlakatimizning Afğoniston, umuman, Janubiy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari jadal rivojlanmoqda. Mazkur bojxona posti şunga yaraşa zamonaviy qilib qayta qurildi. Özbekistondan çiqiş va Afğoniston tomondan yurtimizga kiriş yönalişida pasport nazorati va bojxona körigi zallari barpo etildi.

Davlat rahbari uşbu yangi majmualarda yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.

Çegara bojxona posti «Raqamli Özbekiston - 2030» dasturi doirasida eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Masalan, «Z-Portal» rusumli körik majmuasi avtotransport vositalarini uç tomondan suratga oliş salohiyatiga ega. Şuningdek, unda radiatsiya miqdori minimal bölib, haydovçi maşinadan  tuşmasdan xizmatlardan foydalanişi mumkin. Bu bir soatda 200 tagaça avtotransportni ötkaziş imkonini beradi. Yurtimizdagi boşqa bojxona postlarida bunday quvvat soatiga 20 ta. Umuman, çegara bojxona postida bir keça-kunduzda 2 ming nafargaça yölovçiga xizmat körsatilişi mumkin.

«Bugungi hayotimizga bu ma'qul. Lekin dunyo soat sayin özgarmoqda. Endi yangi poğonaga çiqiş kerak. Bu yerda situatsion markaz bilan birga tahlil markazi ham bölişi zarur. Iqtisodiy manfaatdorlikni oşiriş va xavf-xatarlarning oldini oliş böyiça yangi takliflar berib boriş kerak», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Yana bir öziga xos jihati, «Ayritom»da biryöla uç xil - poyezd, avtotransport va fuqarolarga xizmat körsatiladi. Şu bois, ötkazuvçanlikni tezlaştiriş va foydalanuvçilarga qulaylik yaratiş maqsadida yagona darça tamoyili joriy etilgan. Xavfsizlikni ta'minlaş uçun «Adani» va «Rapiscan» rusumli qurilmalar, videokuzatuv tizimi örnatilgan.

Prezident şu yerda ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berdi.