Euronews telekanali Venetsiya arxitektura biyennalesida Özbekiston ham ilk marta öz milliy paviloni bilan qatnaşayotgani haqida lavha tayyorladi.

«Venetsiya biyennalesining rango-rang muhitida 17-marta taşkil etilgan xalqaro arxitektura körgazmasi bölib ötmoqda. Unda ilk marta Özbekiston ham iştirok etyapti. Özbekiston – biyennaleda öz milliy paviloni bilan qatnaşayotgan Markaziy Osiyoning yagona mamlakati hamdir», – deyiladi Euronews maqolasida.

Özbekiston paviloni öziga xos ijtimoiy-me'moriy fenomen – mahallalarga bağişlangan.

«Pavilonga kelganlar özlarini an'anaviy özbek hovlisida bölgandek his qilişlari mumkin», – deya ta'kidlanadi Euronews lavhasida. Buning uçun pavilonda özbek mahallasi, unga oid atributlar va hatto tovuşlargaça aks etgan bölib, taşrifçilar mobil qurilmalarga maxsus ilovani örnatgan holda, pavilon böylab harakatlaniş davomida körgazmaning töla şohidi bölişlari mumkin.

Foto: Courtesy Christ & Gantenbein

Euronews öz lavhasida loyiha taşkilotçilari – boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva, jamğarma ijroçi direktori Gayane Umerova, loyiha kuratori – Tsyurixdagi Oliy texnika maktabining arxitektura va san'at professori Kristof Gantenbeyn bildirgan fikrlarni keltirib ötadi.

«Körgazma – biyennalening bu yilgi savoli: «Biz birgalikda qanday yaşaymiz?» söroğiga Özbekistonning javobi demakdir», – deya qayd etadi Euronews.

Foto: Courtesy Christ & Gantenbein

Körgazma mehmonlariga özbek mahallasi fenomenini oçib beruvçi fanzin (fan-jurnal) ham taqdim etilmoqda.

«Loyiha ta'limga oid va ilmiy jihatdan katta maqsadlarga ega. [...] Köplab mahallalar iqtisodiy holat, odatlarning özgarişi va infrastruktura yetişmovçiligi bois kelajakda hozirgi körinişini yöqotib boradi. Loyihaning maqsadlaridan yana biri – bu merosni yöqolib ketmasidan avval hujjatlaştirib qöyiş», – ta'kidlanadi telekanal lavhasida.