Surxondaryo viloyati Denov tumanida özaro janjallaşib, sovuq qurollar bilan bir-biriga tan jarohatlari yetkazgan bezorilarga jinoiy iş qözğatildi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 28 may kuni soat 01:30larda Denov tumanining Söfi Olloyor mahallasida joylaşgan savdo dökonining oldida, tumanning Vodiy mahallasida yaşovçi, A.Anvar öziga oldindan taniş bölgan, tumanning Guliston mahallasida yaşovçi X.Valijon bilan özaro gaplaşib olişmoqçi bölib uçraşgan. Uçraşuvda, A.Anvar bilan birga kelgan şeriklari, tumanning Vodiy mahallasida yaşovçi A.Akmal, Angor tumani Yangirözğor mahallasida yaşovçi U.Feruz, Quyoşli yurt mahallasida yaşovçi P.Odiljon hamda uning ukasi P.Suxrob va boşqalar qöllarida bölgan «bita», piçoq va boşqa sovuq qurollar bilan X.Valijonning duç kelgan joyiga urib, unga tan jarohati yetkazişgan. Öz navbatida X.Valijon ham ularga tan jarohatlari yetkazgan.
Şundan söng, ularning bezorilik harakatlari oldini olmoqçi bölgan, Denov tumani Jomiy mahallasida yaşovçi, Ç.Otabekjonga ham faol qarşilik körsatib, bezorilik jinoyatini sodir etişgan. Natijada A.Anvar «hayot uçun xavfli bölgan», A.Akmal, P.Odiljon, U.Feruzlar «yengil» tan jarohati olib, kasalxonaga murojaat qilişgan.
Qayd etilişiça, 29 may kuni A.Anvar, A.Akmal , U.Feruz, P.Odiljon, P.Suxrob va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan, X.Valijonga nisbatan 104-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoiy iş qözğatilgan.
Surxondaryoda kaltaklangan deputat hodisasining tafsilotlari viloyat IIB tomonidan oçiqlandi








