Prezidentning «Farğona viloyatining Uçköprik tumanida yengil sanoat mahsulotlarini işlab çiqarişni, logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq Farğona viloyati Uçköprik tumanida 15 ga yer maydonida yengil sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş, logistika va savdo kompleksi taşkil etiladi. Kompleks qurilişini taşkil etişga «Mikrokreditbank» ATB buyurtmaçi etib belgilandi.
Kompleksda barpo etiladigan obektlar:
a) birinçi navbatda Uçköprik tumanidagi «Boboşbek», «Bekmurod», «Ziğir», «Paloxon» va «Yakkamulla» mahalla fuqarolar yiğinlarida uy xöjaligida faoliyat yuritayotgan taşabbuskorlarga yengil sanoat mahsulotlari işlab çiqariş faoliyatini kengaytiriş uçun tanlov orqali sotiladi;
b) taşabbuskorlarga quyidagi şartlar asosida sotiladi:
- logistika markazi, qöşimça maişiy xizmat körsatiş obektlarini taşkil etiş, yengil sanoat mahsulotlari işlab çiqariş, savdo dökonlari, işlab çiqariş sexlarini taşkil etiş böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan biznes-reja yoki TIAga ega ekanligi;
- yuqoridagi faoliyatni yuritiş uçun zaruriy könikma, mol-mulk va boşqa vositalarga ega böliş hamda yangi iş örinlarini yaratiş.
Kompleks hududidagi işlab çiqariş sexlari, savdo dökonlari va boşqa obektlarning sotib olinişi taşabbuskorlarning öz mablağlari, bank krediti yoki lizing asosida amalga oşiriladi.
Şuningdek, Uçköprik tumani hokimligi muassisligida MÇJ şaklida yengil sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş, logistika va savdo kompleksini boşqariş va obodonlaştiriş ofisi taşkil etiladi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- kompleksda savdo dökonlari, işlab çiqariş sexlari, kiçik savdo rastalari va logistika markazini taşkil etişning prognoz körsatkiçlari;
- kompleksda qurib bitkazilgan obektlarni ajratiş böyiça komissiya tarkibi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 27.05.2021 yildan kuçga kirdi.

















