Bu bilan boğliq holda Zemanga impiçment jarayonini boşlaş masalasi keyingi hafta senatda ovozga qöyiladi. Bu haqda Çexiya parlamentining taşqi işlar va xavfsizlik böyiça qömitasi boşliği Pavel Fişer ma'lum qildi.
«Biz senat qömitasida Miloş Zeman respublika prezidenti lavozimini egallay olmasligi uçun ovoz berdik. Men senatga buni keyingi hafta muhokama qilişni taklif qilaman», deb ma'lum qilgan senator.
Fişerning fikriça, Çexiya prezidentining köplab oxirgi işlari konstitutsiyaga töğri kelmaydi va uning Vrbetitsedagi portlaşlar böyiça bergan bayonoti ularning «kulminatsiyasi» hisoblanadi.
Uning ta'kidlaşiça, Zeman Vrbetitsedagi öq-dori omborida yuz bergan portlaşlar böyiça aprelda xalqqa qilgan murojaatida kontrrazvedka hisobotida portlaşlarga «rossiyalik agentlar» aloqador ekani isbotlari yöqligini aytib, Çexiya milliy xavfsizligiga ziyon yetkazgan.
Bu orada Zemanning matbuot kotibi Irji Ovçaçek qömitaning impiçment böyiça ovoz beriş qarorini «davlat töntaruvini amalga oşirişga uriniş» deb atagan va huquq-tartibot idoralarini senatorlarning uşbu taşabbusiga tegişli baho berişga çaqirgan.
Çexiya parlamentining aksariyatini muxolifat taşkil qiladigan yuqori palatasi – senatda Zeman impiçmentiga ovoz berilsa, uşbu qaror kuçga kirişi uçun prezident tarafdorlari köp bölgan quyi palatada tasdiqlanişi lozim.
Zemanning Vrbetitsedagi portlaşlar böyiça bayonotidan keyin Çexiyada mojaro kelib çiqqandi: bir qator siyosatçilar prezidentning gaplaridan aççiqlanib, u hali yakunlanmagan tergov ma'lumotlarini oşkor qilgani va bu bilan uni xavf ostiga qöyganini aytişgan.













