Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasiga yangi rais saylandi. Bu haqda uyuşma xabar berdi.
Bugun, 4 iyun kuni poytaxtdagi Milliy matbuot markazida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining navbatdan taşqari konferensiya yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda taşkiliy masala körildi. «Xalq sözi» gazetasi boş muharriri örinbosari Şuhrat Jabborov «Nuroniy» gazetasi boş muharriri Olimjon Ösarov nomzodini uyuşma raisi lavozimiga ilgari surdi. Konferensiya iştirokçilari Olimjon Ösarovni Jurnalistlar ijodiy uyuşmasining yangi rahbari etib sayladi.
O.Ösarov 1973 yil Samarqand viloyatining Bulunğur tumanida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini (1996), Toşkent Davlat yuridik institutining sud-prokurorlik fakultetini (2002) tamomlagan.
Olimjon Ösarov Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Oliy sud axborot xizmati rahbari lavozimlarida faoliyat körsatgan. U şu paytga qadar «Nuroniy» gazetasi boş muharriri sifatida işlab kelayotgan edi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi sifatida işlab kelgan jurnalist va şoir Sa'dulla Hakimov 2020 yil oktyabr oyida 69 yoşida vafot etdi.












