Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida yuz bergan avtohalokatda «Lasetti» va «Damas» rusumli avtomobillar iştirok etgan. «Damas»da harakatlanib ketayotgan ota-bola vafot etgan. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bölişiça, avtohalokat 30 may kuni soat taxminan 6:10larda Şahrisabz tumani Möminobod qişloği hududidan ötuvçi 4K307 «Şahrisabz-Miroqi» avtomobil yölining 5-kilometrida sodir bölgan.
Guvohlarning ma'lumotiga qaraganda «Lasetti» haydovçisi quvib ötayotganida biroz turtgani uçun «Damas» yöldan çiqib ketgan. Haydovçi va yölovçi bölgan ota-bolalar voqea joyida vafot etgan. «Lasetti»dagi haydovçi va yölovçi omon qolgan.











